“O’ztemiryo’lmashta’mir” AJ Quyuv sexi to’g’risida
MA’LUMOT
“O’ztemiryo’lmashta’mir” aksiyadorlik jamiyatida Quyuv sexi mavjud bo’lib, sexda po’lat, cho’yan va rangli metallardan ishlab chiqariladigan lokomotivlar ehtiyot qismlarini quyishga ixtisoslashgan. Sex yosh bo’lishiga qaramay judayam ko’plab ehtiyot qismlarni quyib ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan. So’ngi yillarda quyuv sexida yangi innovatsion texnologiyalar asosida sexda teplovozlarning silindr gilzalari, g’ildirak juftliklari bandajlarini quyish yo’lga qo’yildi. Quyuv sexida quyib ishlab chiqarilgan mahsulotlar mahalliylashtirilgan mahsulot hisoblanib, chet eldan sotib olinadigan import mahsulotlar o’rnini bosmoqda va bu orqali qanchadan-qancha valyuta chiqib ketishini oldi olinmoqda.









